Food Cost
Hisobot fudkostni — taomlar tushumidagi tannarx ulushini — ko‘rsatadi va uni sizning maqsadli me’yoringiz bilan solishtiradi. U «qaysi taomlar marjani yeyapti», «ularni me’yorga keltirsak qancha pul qaytadi» va «qaysi filial mahsulotga ko‘proq sarflayapti» degan savollarga javob beradi.
Bu ekranning tugma, karta va ustun nomlari hozircha faqat rus tilida chiqadi, shuning uchun quyida ular interfeysdagidek ruscha berilgan.
Qayerda joylashgan
Analitika → Analitika → Food Cost (/analytics/food-cost).
Huquq: analysis_food_cost.
Filtrlar
| Filtr | Nimani belgilaydi |
|---|---|
| Вчера / 7 дней / 30 дней / Этот месяц / Прошлый месяц / Период | Davr. Standart — 7 дней, kecha bilan tugaydi. Chek yopilgan biznes-kuniga, qaytarish — qaytarish kuniga tegishli |
| Филиал | Bitta nuqta yoki Все филиалы |
| Тип заказа / Источник | Faqat shu tur va manbadagi cheklar hisobga olinadi |
| Меню / Категория | Faqat tanlangan menyu va kategoriyalardagi taomlar |
| Цель food cost, % | Maqsadli me’yor, 0 dan 100 gacha. Standart 40 |
Vkladkalar: Обзор va По филиалам.
Fudkost qaysi tushumdan hisoblanadi
Food Cost % = tannarx / tushum × 100, bunda:
- Tushum — yopilgan cheklarning tovar qatorlari: chekdagi chegirma ulushiga kamaytirilgan qator
summasi (
1 − chek chegirmasi / chek summasi), minus davrda o‘tkazilgan qaytarishlar, o‘sha chegirma ulushi bilan. Ya’ni bu chegirmadan keyingi tovarlar tushumi, xizmat ko‘rsatish va yetkazib berishsiz. - Tannarx — kassa sotuv paytida chek qatoriga yozgan birlik tannarxi × miqdor; qaytarilgani uchun — minus. U orqaga qarab qayta hisoblanmaydi. Batafsil — Tannarx.
- Tannarxsiz qatorlar (chekdagi tannarx nol — texkarta to‘ldirilmagan) fudkostga na tushum, na tannarx bilan kiradi. Aks holda bunday taom o‘ta foydali ko‘rinib, umumiy foizni pastga tortardi.
Tannarxsiz sotuvlar bo‘lsa, kartalar ustida ogohlantirish chiqadi: N позиций без себестоимости на X выручки. Bu tushum hisobotga kirmagan — texkartalarni to‘ldiring.
«Обзор» vkladkasi
| Karta | Qanday hisoblanadi |
|---|---|
| Food Cost % | Barcha taomlar tannarxi / ularning tushumi × 100. Rang — maqsaddan oshmasa yashil, oshsa to‘q sariq |
| Себестоимость | Barcha taomlar tannarxi; izohda — foiz hisoblanadigan tushum |
| Потенциал экономии | Me’yordan yuqori taomlar bo‘yicha ortiqcha xarajat yig‘indisi: tannarx − tushum × maqsad / 100 |
| Блюд выше нормы | Hisobotdagi barcha taomlardan nechtasi maqsaddan oshgan |
Топ проблемных блюд
Me’yordan oshish tufayli qancha pul yo‘qotilayotgani. Standart holatda Только блюда выше нормы yoqilgan; barcha taomlarni ko‘rish uchun o‘chiring. Birinchi 15 qator ko‘rsatiladi, Показать ещё 20 tadan qo‘shadi.
| Ustun | Nimani ko‘rsatadi |
|---|---|
| Блюдо / Категория | Nomi va kategoriyasi |
| Продано | Qaytarishlar ayirilgan miqdor |
| Выручка | Taom tushumi (yuqoriga qarang) |
| Себестоимость | Sotilganlar tannarxi |
| Food Cost % | Tannarx / tushum × 100. Yashil — maqsaddan oshmagan, sariq — oshgan, qizil — maqsad × 1,25 dan |
| Потеря | tushum × maqsad / 100 − tannarx. Minus (qizil) — me’yorga nisbatan ortiqcha xarajat, plyus (yashil) — tejash |
Saralash — eng katta yo‘qotishdan.
Топ эффективных блюд
Fudkosti maqsaddan oshmagan va foydasi musbat 10 tagacha taom, foydaning kattasidan kichigiga. Ustunlar: Блюдо, Выручка, Прибыль (tushum − tannarx), FC %.
«По филиалам» vkladkasi
| Ustun | Nimani ko‘rsatadi |
|---|---|
| Филиал | Savdo nuqtasi |
| Менеджер | Hozircha to‘ldirilmaydi — doim «—» |
| Выручка / Себестоимость | Tannarxi bor taomlar bo‘yicha |
| Food Cost % ▾ | Filial fudkosti; saralash — kattadan kichikka |
| vs цель | Filial fudkosti − maqsad, foiz punktlarida |
Food Cost % по филиалам — filiallar bo‘yicha ustunlar va maqsad chizig‘i.
Разрыв между лучшим и худшим филиалом — eng yomon va eng yaxshi filial fudkosti farqi, p.p. da. Pastda — tejash bahosi: eng yomon filial tushumi × farq / 100. Blok filiallar ikkita va undan ko‘p bo‘lsa chiqadi.
Ko‘p beriladigan savollar
Nega bu yerdagi fudkost P&L dagi tannarx bilan mos kelmaydi? P&L da tannarx kengroq: unga hisobdan chiqarishlar, inventarizatsiya kamomadi va ombordan tashqari xaridlar qo‘shiladi. Bu yerda — faqat cheklardagi sotilgan taomlar tannarxi. Qarang: Tannarx.
Nega katta aksiyadan keyin fudkost oshdi, mahsulotlar qimmatlashmagan bo‘lsa ham? Tushum chegirmadan keyin hisoblanadi, tannarx esa chegirmaga bog‘liq emas.
Nega tushum «Продажа» hisobotidagidan kam? Bu yerda tushum chekdagi chegirmadan keyin, qaytarishlar ayirilgan va tannarxi nol qatorlarsiz.
Nega taomning fudkosti 0% yoki u ro‘yxatda yo‘q? Chekdagi tannarx nol bo‘lsa, taom fudkostga kirmaydi — tannarxsiz pozitsiyalar haqidagi ogohlantirishga qarang.