Bosh sahifa
Bosh sahifada bir kunlik savdo, yalpi daromad, cheklar soni hamda o‘rtacha chek qiymatini kuzatib borishimiz mumkin. O‘ng yuqori burchakdagi foizlar esa shu ma’lumotni 1 sutka avvalgi holatiga nisbatan ko‘rsatadi.
Yalpi daromad infografikasidagi yashil ko‘rsatgichlar hozirgi oyning, to‘q sariq rangda esa o‘tgan oyga tegishli yalpi daromad ko‘rsatgichlarini ko‘rsatadi.
Buyurtma turlari, top mahsulotlar ketma-ketlik va miqdorini hamda chek turlarini ko‘rishingiz mumkin.