Foyda va zararlar hisoboti (P&L)
Hisobot davr ichida qancha ishlanganini ko'rsatadi: tushum minus tannarx, minus kategoriyalar bo'yicha xarajatlar — sof foyda chiqadi. Sof foydadan pastda — biznes egasi olgan pul (dividendlar) va biznesda qolgan foyda.
Hisobot to'g'ri chiqishi uchun uni bir marta sozlash kerak: har bir xarajat moddasiga kategoriya tanlanadi. Qanday qilish — Sozlash bo'limida.
Qayerda joylashgan
Moliya → Foyda va zararlar hisoboti
Hisobot tarkibi
| Qator | Raqamlar qayerdan olinadi |
|---|---|
| Tushum | Davrdagi yopilgan cheklar: mahsulot savdosi, yetkazib berish, xizmat haqi, ustama, minus chegirmalar. Nol qatorlar ko'rsatilmaydi. |
| Tannarx | Sotilgan mahsulotlarning texkarta va ombor bo'yicha tannarxi, hisobdan chiqarish (buzilgan), hamda «Ombordan tashqari mahsulot va qadoq» kategoriyasidagi moddalar. |
| Yalpi foyda | Tushum − tannarx. |
| Operatsion xarajatlar | Moddalar bo'yicha xarajatlar, kategoriyalarga guruhlangan. Har bir kategoriya ochilib, moddalari ko'rinadi. |
| Asosiy faoliyat foydasi | Yalpi foyda − operatsion xarajatlar. |
| Boshqa daromadlar | Hisobot hisobi «Прочие доходы» bo'lgan «Daromad» turidagi moddalar. |
| Sof foyda | Asosiy faoliyat foydasi + boshqa daromadlar. |
| Dividendlar / egasining olgan puli | Biznes egasi olgan pul: hisobot hisobi «Изъятия капитала (дивиденды собственника)» bo'lgan moddalar. |
| Taqsimlanmagan foyda | Sof foyda − dividendlar: biznesda qolgan pul. |
| Foydani sheriklar o'rtasida taqsimlash | Sheriklarga ulush berilgan bo'lsa chiqadi. Har biri bo'yicha: tegishli, berilgan, qoldiq. Sheriklar va ulushlar ga qarang. |
| Kontragentlar bilan hisob-kitob | Ma'lumot uchun, foydaga ta'sir qilmaydi: ta'minotchilarga to'lov, oylik to'lovi, mijoz va tashkilotlar qarzi. |
Hisobotdagi xarajat sanasi — operatsiya o'tkazilgan sana. Davr va savdo nuqtasi Filtrda tanlanadi. Excel tugmasi hisobotni barcha darajalari bilan yuklab beradi.
Xarajat kategoriyalari
Kategoriya — hisoblar rejasidagi «Прочие расходы (2.04)» ichidagi hisob. Kategoriyalar barcha korxonalar uchun yaratilgan, o'zingiz yaratishingiz shart emas.
| Kod | Hisobotdagi kategoriya | Qaysi moddalarni shu yerga qo'yish kerak |
|---|---|---|
| 2.04.01 | Xodimlar xarajatlari | Premiyalar, bonuslar, xodimlar ovqati va taksisi, mardikorlar — «Oylik» sahifasidan tashqari to'lanadigan hamma narsa. |
| 2.04.02 | Operatsion xarajatlar | Elektr, gaz, suv, internet, aloqa, tozalash, chiqindi, mayda ta'mir. |
| 2.04.03 | Ma'muriy xarajatlar | Buxgalteriya, yurist, dasturlar va obunalar, kanselyariya. |
| 2.04.04 | Marketing va reklama | Reklama, target, SMM, blogerlar, aksiyalar, dillerlarga bonus. |
| 2.04.05 | Ijara | Zal, ombor, qo'shimcha joylar ijarasi. |
| 2.04.06 | Soliqlar va majburiy to'lovlar | Aylanma solig'i, QQS, litsenziyalar, davlat jarimalari. |
| 2.04.07 | Jihozlar va amortizatsiya | Jihozlarni sotib olish va ta'mirlash, ehtiyot qismlar, mebel, texnika. |
| 2.04.08 | Moliyaviy xarajatlar | Bank va ekvayring komissiyalari, kredit foizlari. |
| 2.04.09 | Ombordan tashqari mahsulot va qadoq | Omborga kirim qilinmasdan sotib olingan mahsulot va qadoq. Xarajatga emas, tannarxga tushadi. |
| 2.04 | Boshqa xarajatlar | Kategoriya tanlanmagan hamma moddalar. Hisobotda doim oxirida, «moddalarni taqsimlang» izohi bilan. |
O'z kategoriyalaringiz
Kategoriyalar ro'yxatini to'ldirish mumkin. Moliya → Hisoblar sahifasida hisob yarating va Kategoriya maydonida «Прочие расходы (2.04)» ni tanlang — P&L da shu hisob nomi bilan qator paydo bo'ladi. Tayyor kategoriya ichida yaratilgan hisob (masalan, «Ijara» ichida «Ombor ijarasi») o'sha kategoriyaga tushadi.
Alohida, «Kapital» bo'limida:
| Kod | Hisob | Qaysi moddalarni shu yerga qo'yish kerak |
|---|---|---|
| 3.02 | Изъятия капитала (дивиденды собственника) | Egasi yoki sherik oladigan pul. Hisobotda — sof foydadan pastda. |
Sozlash
Bir marta sozlanadi, keyin kassir avvalgidek ishlaydi — faqat moddani tanlaydi.
1. Moddalarni kategoriyalarga taqsimlang
- Sozlamalar → Kirim / Chiqim (moddalar ma'lumotnomasi) ga kiring.
- «Chiqim» turidagi har bir modda uchun Tahrirlash ni bosing.
- Hisobot hisobi maydonida yuqoridagi jadvaldan kategoriyani tanlang, masalan «Аренда (2.04.05)».
- Saqlash ni bosing.
Kategoriya moddada saqlanadi, shuning uchun hisobot o'tgan davrlar uchun ham qayta hisoblanadi: shu moddadagi eski xarajatlar darhol kerakli qatorga tushadi.
Yangi moddani darhol kategoriya bilan yarating — aks holda u «Boshqa xarajatlar»ga tushadi.
2. Egasining puli uchun modda yarating
Egasi biznesdan oladigan pul — bu dividendlar: ular sof foydadan to'lanadi va hisobotda undan pastda turadi, foydani kamaytirmaydi.
Agar egasi bitta bo'lsa:
- Modda yarating, masalan «Dividend».
- Turi — «Chiqim».
- Tranzaksiya hisobi — pul haqiqatda olinadigan joy: kassa, seyf yoki karta.
- Hisobot hisobi — «Изъятия капитала (дивиденды собственника) (3.02)».
Agar egalari bir nechta bo'lsa va sof foyda ular o'rtasida bo'linsa (masalan, 30/70):
- Har bir sherikka hisob oching va ulushini kiriting — Sheriklar va ulushlar ga qarang.
- Har bir sherik uchun alohida modda yarating: «Dividend Aziz», «Dividend Bobur».
- Tranzaksiya hisobi — kassa, seyf yoki karta; Hisobot hisobi — shu sherik hisobi («Aziz»).
Hisobot har biriga sof foydadan qancha tegishli, qancha berilgan va qancha to'lanishi kerakligini ko'rsatadi. Bir nechta sherik uchun bitta umumiy «Dividend» moddasi to'g'ri kelmaydi: undan pul kimga ketgani ko'rinmaydi.
| Modda maydoni | Nima tanlanadi |
|---|---|
| Tranzaksiya hisobi | Pul qayerdan chiqadi: kassa, seyf, karta |
| Hisobot hisobi | Kimga yoki nimaga: sherik hisobi, xarajat kategoriyasi yoki «Задолженность …» |
Agar egasiga pul «Oylik» moddasi orqali berilsa, u xarajat sifatida foydani kamaytiradi, vaholanki bu allaqachon ishlangan foydani taqsimlash. Hisobotdagi foyda kam ko'rinadi.
3. Hisob-kitob moddalariga tegmang
Ta'minotchilarga to'lov, oylik to'lovi, mijoz va tashkilotlar qarzi moddalarining hisobot hisobi — «Задолженность …» (4-bo'lim). Ularni o'zgartirish shart emas: bu xarajat emas, qarzni to'lash. Ular «Kontragentlar bilan hisob-kitob»da ma'lumot uchun ko'rsatiladi.
Nega: mahsulot hisobotga sotilgan paytda tannarx sifatida tushadi, ta'minotchiga to'lov esa faqat qarzni yopadi. Agar to'lovni xarajatga qo'ysangiz, bitta mahsulot ikki marta hisoblanadi.
Sheriklar va ulushlar
Agar biznesda bir nechta egasi bo'lsa va foyda, masalan, 30/70 bo'linsa, hisobot har biriga qancha tegishli ekanini va qanchasini olganini hisoblaydi.
- Moliya → Hisoblar sahifasida har bir sherik uchun hisob yarating. Kategoriya maydonida «Изъятия капитала (дивиденды собственника) (3.02)» yoki «Капитал» bo'limidagi boshqa hisobni tanlang.
- Savdo nuqtasini tanlang, sherik hisobi yonidagi qalamchani bosing va Foydadagi ulush, % ni kiriting. Ulush har bir nuqta uchun alohida. Nuqta bo'yicha ulushlar yig'indisi 100% dan oshmasin.
- Har bir sherik uchun xarajat moddasini yarating (masalan, «Dividend Aziz»), hisobot hisobi — shu sherik hisobi. Sherikka pulni shu modda bilan bering.
Hisobotda taqsimlanmagan foydadan keyin blok chiqadi:
| Qator | Qanday hisoblanadi |
|---|---|
| Tegishli | Davrdagi sof foyda × sherik ulushi. |
| Berilgan | Davr ichida sherik hisobiga moddalar bilan to'lovlar. |
| To'lanishi kerak | Tegishli − berilgan. Minus — sherik davr uchun tegishlidan ko'p olgan. |
Hammasi tanlangan davr uchun hisoblanadi. Yig'ma natijani ko'rish uchun — ish boshidan beri qancha tegishli va qancha berilgan — filtrda nuqta ochilgan sanadan boshlab davrni tanlang.
Hisobotdagi oylik
Xodimlar xarajatlari → Oylik (hisoblangan) qatori Oylik sahifasidan olinadi — davr uchun «Hisoblangan» ustuni: oklad, smenalar, KPI, plyus bonuslar, minus jarimalar. To'langan oylik hisobotga kirmaydi, shuning uchun:
- to'lanmagan oylik allaqachon hisobga olingan — foyda uni ayirib ko'rsatiladi;
- hisobotdagi summa davrdagi to'lovlardan farq qilishi mumkin: to'lovlarga avanslar va o'tgan oy qarzi kiradi.
Qator to'g'ri chiqishi uchun har bir xodimga to'lov turi va stavka belgilangan bo'lishi kerak. Xodimga oklad berilmagan bo'lsa, unga pul to'lansa ham hisoblangan summa nol bo'ladi.
Ko'p uchraydigan xatolar
| Hisobotda nima ko'rinadi | Sababi | Nima qilish kerak |
|---|---|---|
| Katta «Boshqa xarajatlar» qatori | Moddalarga kategoriya tanlanmagan | Sozlash, 1-qadam. |
| Hisobotdagi oylik to'langandan kam | To'lovlarga o'tgan oy qarzi, avanslar, egasining puli kiradi; ba'zi xodimlarda stavka yo'q | «Oylik» sahifasida stavkalarni tekshiring, egasining pulini 3.02 moddasi bilan o'tkazing. |
| Foyda kam ko'rinadi | Jihoz sotib olish oy xarajati sifatida o'tkazilgan | Hozircha shunday hisoblanadi — jihozlar «Jihozlar va amortizatsiya» kategoriyasida. Xizmat muddati bo'yicha taqsimlash hozircha yo'q. |
| Mahsulot ikki marta hisoblangan | Xarid omborga kirim qilingan va «Ombordan tashqari mahsulot» kategoriyasidagi modda bilan to'langan | Omborga kirim qilingan mahsulot uchun ta'minotchi moddasi bilan to'lang. |